“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi – mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirish, milliy g‘oyamizga tayangan holda mustaqil O’zbekistonning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallagan yoshlarni voyaga yetkazishga har tomonlama ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, xalqimizning obro‘si va nufuzini, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

Boshlang‘ich tashkilot atrofida yoshlarning iqtidorini, bilim saviyasini oshirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda: Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi, Tashkiliy va axborot-tahlil yo‘nalishi, Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish, Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo‘nalishi, Matbuot yo‘nalishi, Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi, Huquqiy savodxonlik yo‘nalishi, Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo‘nalishi.

Tashkilotning asosiy vazifasi talabalar huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

2016-2017- o‘quv yilida boshlang‘ich tashkilot o‘z safiga 750 nafar talabani qamrab oldi.

JIDU “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilotiga bugungi kunda “Xalqaro huquq” fakulteti talabasi Javohir Shamsutdinov yetakchilik qilmoqda.

Yangilangan sana: 08.08.2017