O`quv ishlar bo`yicha prorektor

Bakoyev Matyokub Teshayevich

Bakoyev M. T.

Ma’lumoti: Toshkent davlat universiteti, TACIS MBA (Master of Business Administration).

Mutaxassislik: matematik.

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Ingliz, rus va nemis tillarida so‘zlashadi.

Ish tajribasi

  • 1976-1981-yy. – Toshkent Davlat universiteti talabasi.
  • 1981-1983-yy. – O‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika  instituti tadqiqotchisi.
  • 1983-1987-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyada Matematika  instituti  kichik ilmiy xodim.  
  • 1987-1991-yy. – O‘zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika  institutida ilmiy xodim.
  • 1991-1994-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida Matematika  instituti katta ilmiy xodim.  
  • 1994-1995-yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya  universiteti Matematik modellashtirish va informatika kafedrasi dotsenti.
  • 1995-1996-yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya  universiteti Matematik modellashtirish va informatika kafedrasi mudiri.
  • 1996-1999-yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya  universiteti o‘quv bo‘lim boshlig‘i, matematik modellashtirish va informatika kafedrasi mudiri.
  • 1999-2012-yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya  universiteti qoshidagi Shayxantohur akademik litseyi direktori, 2003-yilgacha Matematik modellashtirish va informatika kafedrasi mudiri, 2011-2012 –yillarda prorektor (bir vaqtda)
  • 2012-2015-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat boshqaruvi Akademiyasi Qaror qabul qilish nazariyasi kafedrasi mudiri.
  • 2015-2016-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat boshqaruvi Akademiyasi Informatsion-kommunikatsion texnologiyalar kafedrasi dotsenti
  • 2016-2018-yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxantohur akademik litseyida direktor , Matematik modellashtirish va informatika kafedrasi  dotsenti (o‘rindosh)
  • 2018 - h.v. – O‘zbekiston Respublikasi TIV tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori

Xizmat vazifalari

  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
  • O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish.
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor- o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar, bilan hamkorlikda ishlash.

Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor

Rahmankulov Mir-Akbar Xoji-Akbarovich

Ma’lumoti: Toshkent davlat universiteti, Sverdlovsk yuridik instituti (aspirantura).Rahmankulov M.X.

Mutaxassislik: “Fuqarolik huquqi”, “Konstitutsiyaviy huquq”.

Yuridik fanlari doktori, professor.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati  Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi muovini.

O‘zbekiston“Adolat”  sotsial-demokratik partiyasi a’zosi.

Ish tajribasi

  • 1975-1989 yy. - O‘zbekiston markaziy idoralari, ilmiy hamda ilmiy-tadqiqot  tashkilotlarida turli lavozimlar
  • 1989-1992 yy. - Boshqarma boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi muovini
  • 1992-1993 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasarrufidagi Vazirlar Mahkamasi ekspert guruhi mudiri muovini
  • 1993-1994 yy. - O‘zbekiston Respublikasi TIV tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi  prorektori
  • 1994-1995 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezident devoni bosh konsultanti
  • 1995-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasarrufidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti  direktori
  • 1997-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasarrufidagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi
  • 2016-y.- h.v. - O‘zbekiston Respublikasi TIV tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori
  • 2014-y.-2018-y. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori muovini
  • 2018-y.- h.v.- O‘zbekiston Respublikasi TIV tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha  prorektor

O‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zlashadi.

Xizmat vazifalari

  • Ilmiy ishlar materiallarini ta’minlashga rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o`tkazish monitoringini amalga oshiradi.

 

Moliya-iqtisodiyot ishlari bo`yicha prorektor

Rustamov Jamoliddin Mirzakarimovich

Rustamov J.M.

Ma’lumoti:

  • Oʻzbekiston milliy universiteti
  • Toshkent moliya instituti bakalavr (ikkinchi mutaxassislik)
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi

Mutaxassislik: tarix, Vatan tarixi, moliya.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi

O‘zbek va rus tillarida so‘zlashadi.

Ish tajribasi

  • 1995-1998 yy. - Toshkent viloyati Bekobod tumani jamoa xoʻjaligi markaziy traktor parkida chilangar
  • 1998-2002 yy. - Oʻzbekiston milliy universiteti talabasi
  • 1998-2002 yy. - Oʻzbekiston milliy universiteti magistratura talabasi
  • 1999-2001 yy. - Toshkent shahar Xamza tumanidagi 231-maktab tarix va huquqshunoslik fani oʻqituvchisi
  • 2001-2007 yy. - Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Mashinasozlik kasb-hunar kolleji tarix fani oʻqituvchisi, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
  • 2007-2011 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
  • 2011-2018 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 5-sonli akademik litsey direktori
  • 2018 y. -h.v.- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi

Xizmat vazifalari

  • Ta'lim muassasasi moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
  • Universitet byudjeti mablag`laridan oqilona foydalanishni tashkil etadi va ta'minlaydi.

Yangilangan sana: 08.10.2018