Universitetda davlat boshqaruv organlari, tashkilot, muassasalar va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan dasturlar bo‘yicha maqsadli magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

JIDUda quyidagi 5 ta yo‘nalishda magistrlar tayyorlanmoqda:

  • 5A240105 - Xalqaro huquq (Xalqaro ommaviy huquq);
  • 5A240106 - Diplomatik va konsullik huquqi;
  • 5A231102 - Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat);
  • 5A231101-  Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo‘yicha);
  • 5A120701 - Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat.

5A240105 - Xalqaro huquq (Xalqaro ommaviy huquq) mutaxassisligi

  • xalqaro huquq sub'yektlari va ular o‘rtasidagi xalqaro-huquqiy munosabatlar;
  • xalqaro huquq normalarining yaratish jarayoni va manbalari;
  • xalqaro va milliy huquqning o‘zaro nisbati;
  • xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillari;
  • xalqaro shartnomalar huquqi;
  • xalqaro huquqda javobgarlik;
  • xalqaro xavfsizlik huquqi;
  • inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq;
  • xalqaro dengiz, havo, kosmik huquqi;
  • xalqaro atrof-muhit huquqi;
  • xalqaro nizolarni tinch yo‘llar bilan hal qilish vositalari;
  • xalqaro gumanitar huquqi;
  • xalqaro iqtisodiy va savdo munosabatlari sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida faoliyat olib boradigan mutaxassislar tayyorlanadi.

Ushbu mutaxasislik talabalariga quyidagi ixtisoslik fanlari o‘qitiladi:

  • Xalqaro huquqning dolzarb muammolari;
  • Xalqaro shartnomalar huquqi;
  • Xalqaro xavfsizlik huquqi ;
  • Xalqaro tashkilotlar huquqi;
  • Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq.

5A240106 -  Diplomatik va konsullik huquqi

  • diplomatik huquq;
  • diplomatik huquq normalarini kodifikatsiyalash;
  • diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralarining tizimi;
  • diplomatik vakolatxonalar;
  • diplomatik daxlsizlik va imtiyozlar;
  • xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi;
  • konsullik huquqi;
  • konsullik munosabatlarini o‘rnatish;
  • maxsus missiyalar huquqi;
  • diplomatiya va protokol;
  • diplomatik qabul taqdimoti va protokolning xalqaro munosabatlardagi o‘rni;
  • konsullik xizmati;
  • diplomatik va konsullik idoralari xodimlari;
  • bino-inshootlari va ularga tegishli bo‘lgan mol-mulkning huquqiy holati;
  • diplomatlar va konsullarning o‘zlari bo‘lib turgan hudud mahalliy qonunchiligi yurisdiksiyasiga bo‘ysunmasligi;
  • xalqaro miqyosda huquqiy jihatdan himoya qilinadigan masalalar sohasida faoliyat olib boradigan mutaxassislar tayyorlanadi. 

Ushbu mutaxassislik talabalariga quyidagi ixtisoslik fanlari o‘qitiladi:

  • Xalqaro huquqning dolzarb muammolari;
  • Xalqaro shartnomalar huquqi;
  • Diplomatik huquq;
  • Konsullik huquqi;
  • Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik.

5A120701 - Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat

  • O‘zbekiston respublikasi tashqi siyosati;
  • Xalqaro maydonda faoliyat olib boruvchi davlatlar;
  • Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kuchlar;
  • Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar;
  • Diplomatik va konsullik aloqalar;
  • Xalqaro tashkilotlardagi vakillik;
  • Analitik faoliyat;
  • Davlat boshqaruv masalalari;
  • Nodavlat va notiorat tashkilotlardagi faoliyat;
  • Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatar hamda siyosiy, dilomatik, iqtisodiy, huquqiy, harbiy, ilmiy, madaniy, diniy, gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tayyorlanadi.

Ushbu mutaxassislik talabalariga quyidagi ixtisoslik fanlari o‘qitiladi:

  • Xalqaro tizimlarda O‘zbekiston manfaati;
  • Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari;
  • Asosiy chet tilidagi maxsus adabiyot tahlili;
  • Siyosiy huquqiy qarashlar tarixi;
  • G‘arbiy yevropadagi siyosiy jarayonlar.

5A231101 - Jahon iqtisodiyoti (mitaqalar bo‘yicha)

  • Jahon xo‘jaligi va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari;
  • Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyati;
  • Xorijiy mamlakatlarning  mintaqaviy iqtisodiyoti;
  • Innovatsion iqtisodiyot;
  • Jahon iqtisodiyoti tizimi;
  • TMK, assotsiatsiyalar,konsernlar,uyushmalarning faoliyati;

Jahon xo‘jaligida ishlab chiqarish omillarining ko‘chib yurishi hamda jahon iqtisodiyotidagi va xalqaro iqtisodiy muosabatlarda kechayotgan jarayonlar va ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta'siri va boshqa sohalardagi aloqalar sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tayyorlanadi.

Ushbu mutaxassislik talabalariga quyidagi ixtisoslik fanlari o‘qitiladi:

  • Jahon mintaqalari iqtisodiyoti;
  • Inovatsion iqtisodiyot;
  • Erkin iqtisodiy hududlar;
  • Iqtisodiy dilomatiya va xavfsizlik;
  • Jahon iqtisodiy tizimlari.      

5A231102 - Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat)

Jahon iqtisodiyotida va xalqaro iqtimodiy munosabatlarda kechayotgan jarayonlar va mamlaktning ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotiga ta'siri;

Davlat va nodavlat tashkilot, muassasalarining, turli mulkchilik shakllaridagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish  korxonalarining tashqi iqtisodiy faoliyati, ularning moliya va kapital jahon bozorlaridagi xalqaro tijorat operatsiyalari, xalqaro tijorat va investitsion faoliyatdagi moliyaviy natijalari, tashqi qarzalar va mulk boshqaruvi, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqod jarayonlari sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tayyorlanadi.

Ushbu mutaxassislik talabalariga quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  • Innovatsion qtisodiyot;
  • Investitsion risklar;
  • Xorijiy invetitsiyalar;
  • Tashqi iqtisodiyot faoliyati hisobi, tahlili va auditi;
  • Tashqi iqtisodiy arayonlarni modellashtirish kabi ixtisoslik fanlari o‘qitiladi.

Ushbu yuqoridagi mutaxassisliklar kasbiy faoliyat sohalariga, O‘zbekiston Respublikasi barcha davlat boshqaruv organlari tizimida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezident devonida, O‘zbekiston Respubikasi qonunchilik organida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, investitsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, sud-huquq tizimida, diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralarida, respublika advokatlar palatasida, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida, maslahat va investitsiya kompaniyalari; korporatsiyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari; sug‘urta tashkilotlari va moliya bozorlarida, xalqaro, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, Oliy ta'lim muassasalarida ishlashlari mumkin.

Yangilangan sana: 21.08.2017