O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalarining sayyor ma’ruza darsi o‘tkazilganligi va markaz faoliyati bilan tanishish yuzasidan tashrifi to‘g‘risida

Universitet faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet talabalarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2018-yil 7-may kuni H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga tashrif buyurildi.

“Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalariga O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi yurist konsulti Maxmudova Amina Renatovna tomonidan master-klass o’tkazildi

2018-yil 8-may kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalariga O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi yurist konsulti Maxmudova Amina Renatovna tomonidan “Chet el investitsiyalarini huquqiy tartibga solish” mavzusida master-klass o’tkazildi.

9-may arafasida

9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Yoshlar ittifoqi UBT faollari ishtirokida shahrimiz ko‘chalarida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” shiorida targ‘ibot aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Akademik A.Agzamxo‘jayevning yubileyi

Joriy yilning 3-may kuni universitetda jamoat va davlat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti lauriati, yuridik fanlar doktori, akademik Anvar Agzamovich Agzamxo‘jayev tavalludining 90-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi.

“Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga tashrif buyurishdi

“Kriminalistika” fani bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 2018-yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi Ekspert-kriminalistika bosh markazida “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Fayziev Shoxrud Farmonovich boshchiligida sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv

2018-yil 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.. U jurnalistika va ommaviy axborot vositalarining AQSh ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni mavzusida nutq so’zladi.