15.05.2019 1468

14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o’qituvchilar va Xalqaro huquq fakulteti 3 kurs talabalari bilan Germaniyadan tashrif buyurgan yuridik fanlari doktori va eksperti, Oldenburg shahrining Uchastka Sudi rahbari, ushbu sudda 30ga yaqin sudyalar va 200ga yaqin  xizmatchilar faoliyat yurutishadi, janob Horst Frils bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv nemis va rus tillarida “Germaniyada mediatsiyaning fuqarolik va jinoyat huqularidagi o’rni” mavzusida olib borildi. Uchrashuv yakunida muhokamalar mavzusi bo'yicha keng fikr almashildi. Hurmatli mehmon talabalarning ko'plab savollariga javob berdi va universitet ma’muriyatiga mehmondo'stligi uchun minnatdorchilik bildirdi.