20.01.2018    12:02    3522

2018 yil 17 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Jahon iqtisodiyoti va XIM” fakulteti kafedralari tomonidan tashkil qilingan “Turizm industriyasi: jahon rivojlanish tendensiyalari va milliy ustuvor yo‘nalishlar” nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari, “Travel Study” IO‘M, Ekologik harakat vakillаri ishtirok etdilar. Konferensiyani JIDU ilmiy ishlar boy‘icha prorektor N.Nugmanov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Prorektor o‘z nutqida tadbir doirasida ko‘rib chiqilayotgan muammolar dolzarbligini hamda konferensiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

Plenar sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi axborot tahlili bo‘lim boshlig‘i U.U.Saidov “O‘zbekiston: turizmning joriy holati va rivojlantirish istiqbollari” nomli ma’ruzasi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Madaniy va gumanitar aloqalar boshqarmasi mutaxassisi, attashe A.F.Raimov “O‘zbekiston Respuplikasi TIVning turizmni rivojlantirish faoliyati” nomli ma’ruzasi bilan, Ekoxarakatlar Nodavlat notijorat tashkilot koordinatori A.A.Grigoryans “O‘zbekiston Respublikasi ekologik turizmi” nomli ma’ruzasi bilan hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining “Transport logistikasi” kafedrasi o‘qituvchisi D.A.Malenkix o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Konferensiya quyidagi uchta tematik seksiyalar doirasida ishini davom etdi:

1. Xalqaro turizmni rivojlantirish muammolari va istiqbollari.

2. Turizmni rivojlantirish modeli, turizm sohasini rag‘batlantirishda xorij tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilish imkoniyatlari.

3. Turizm xizmatlari turlarini diversifikatsiyalash tarmoqlar rivojlanishining asosiy omili sifatida. Turizmning ekologik jixatlari va qayta tiklanishi.

Konferensiya davomida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti, “Jahon iqtisodiyoti va XIM”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Xalqaro savdo va investitsiyalar”, “Matematik modellashtirish va informatika” kafedralari professor-o‘qituvchilari, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘qituvchilari hamda JIDU doktorantlari, magistrantlari va talabalari faol ishtirok etdilar. Tematik seksiyalar yig‘ilishlaridan so‘ng ularning moderatorlari qisqa ma’ruzalari bilan chiqdilar. Tadbir yakunlari bo‘yicha ilmiy konferensiyaning rezolyutsiyasi ishlab chiqildi.