27.12.2017    17:16    1465

23-dekabr kuni “Insight club” yoshlar tashabbuslari davrasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari ishtirokida insonning shaxsiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi. Ishtirokchilar turli individual xususiyatlarni namoyon etuvchi hamda boy ko‘rinishga ega bo‘lgan shaxsiyat tushunchasiga e’tibor qaratdi. Bu borada e’tirof etilgan ikki hil yondashuvlar o‘rganildi: shaxsiy jihatlarni ruhiy hodisa deb bilish, ularning aniq va adekvatligini o‘rganish orqali shaxsni yahlit shakl sifatida tasavvur etish; inson – bu, boshqa murakkab tizimlar (tabiyat, jamiyat) bilan aloqaga kirishuvchi obyektliligini tan olish. Shu bois, shaxs tushunchasiga nisbatan turli tadqiqotlar mavjudligiga to‘xtalib o‘tildi: uni makrotizimning bir bo‘lagi deb hisoblagan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan sifat birligi deb bilish, hamda mikrotizim doirasida qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi hodisa deb e’tirof etish.

Trening davomida inson xarakterining asosiy jihatlari o‘rganib chiqildi, ya’ni, ular emotsiyalar, iroda va intellekt kabilar orqali talqin etildi. Ishtirokchilar o‘zlari tomonidan tashqi dunyo, jamiyat va o‘rab turgan odamlar bilan o‘rnatgan o‘zaro aloqalar tajribasi, shaxsiy personasi, faoliyati, mehnat va bilim olishiga nisbatan shakllangan munosabatlari bilan o‘rtoqlashdi. Bundan tashqari inson shaxsiyatida mavjud bo‘lgan ijobiy va salbiy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Rorshax va Kettellarning shaxsni o‘rganish usullari qo‘llanilindi.