2017-09-07    16:36    1546

2017-yilning 7-sentabr kuni JIDUda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

R.Komenda universitet talabalariga “Inson huquqlari asoslari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. O‘z nutqida, ekspert inson huquqlari sohasida mavjud universal yuridik kafolatlar, sohadagi asosiy manbalar va tarixi bilan qatnashuvchilarni tanishtirdi.

Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olganlaridan so‘ng, rektor A.Djumanov oliy martabali mehmonga qiziqarli va foydali ma’ruza uchun minnatdorchilik bildirdi.