Magistratura bo`limi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2008-yilning 18- fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasi magistratura bo’limi haqidagi na’munaviy  Nizom” qoidalariga muvofiq tashkil etilgan. Magistratura bo’limi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Ta`lim to`g`risida“gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida“gi qonunlarga, O`zbekiston Respulikasi Prezidentining qarorlari, farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlisininig quyi va yuqori palatalari qarorlari va topshiriqlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining buyruqlari hamda vazirlik Hay`ati qarorlari, O`zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasinng 2015-yilning 2-martida 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga asosan amalga oshirib kelmoqda.

Universitetda magistrlar tayyorlash bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirish Magistratura bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistraturasida 5A120701 “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat”, 5A240105 “Xalqaro huquq (Xalqaro ommaviy huquq)”, 5A240106 “Diplomatik va konsullik huquqi”, 5A231101 “Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo’yicha)”, 5A231102 “Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat)” kabi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda JIDU magistraturasi mutaxassisliklari bo’yicha birinchi va ikkinchi kurslarda jami 78 nafar magistrlar ta’lim olmoqdalar.

Magistratura mutaxassisliklari O`zbekiston Respublkasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Malaka talablari asosida tahsil oladilar. “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga ko`ra magistrlar tayyorlashning asosiy ikki komponenti – nazariy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish tartiblari hamda magistrlik dissertatsiyasini mazmuni, sifati va tayyorlashga bo’lgan talablar o’rnatib berilgan. Magistratura talabalari mutaxassislklar kesimida quyidagi maxsus fanlar bo’yicha tahsil oladilar.

  • 5A120701 - “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat”: “Xalqaro tizimlarda O’zbekiston manfaatlari”, “Iqtisodiy va energetik diplomatiya”, “Zamonaviy Xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari!”, “Global rivojlanish va Xalqaro tizimlarning siyosiy muammolari”;
  • 5A240105 - “Xalqaro   huquq (Xalqaro ommaviy huquq)”: “Xalqaro shartnomalar huquqi” “Xalqaro xavfsizlik huquqi”, “Xalqaro tashkilotlar huquqi”, “Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq”,  “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari”;
  • 5A240106 - “Diplomatik va konsullik huquqi”: “Diplomatik huquq” “Konsulik huquqi” “Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik” “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari” “Xalqaro shartnomalar huquqi”;
  • 5A231101 - “Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar bo’yicha)”: “Jahon mintaqalari iqtisodiyoti”, “Innovatsion iqtisodiyot”, “Erkin Iqtisodiy hududlar”, “Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik”, “Global iqtisodiyot”;
  • 5A231102 - “Tashqi iqtisodiy faoliyat (investitsion faoliyat): “Innovatsion iqtisodiyot”, “Investitsion risklar”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi, tahlili va auditi”, “Xalqaro savdo” kabi mutaxassislik fanlari o`tiladi.

Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb  etiladigan professor-o’qituvchilar tarkibiga qo’yiladigan umumiy malaka talablariga muvofiq, professor, fan doktorlari, dotsent, fan nomzodlari jalb etilgan, shuningdek o’quv jarayoniga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalarining yetakchi olim va mutaxassislari jalb etilgan.

Yangilangan sana: 11.08.2017