"Xalqaro savdo va investitsiyalar" kafedrasi  "Xalqaro iqtisodiyot" kafedrasi asosida 2008- yilning 14- avgust kuni  Ilmiy kengashga muvofiq ravishda tashkil etilgan. Akademik fanlar bevosita O'zbekiston va butun xalqaro savdo va investitsiya jarayonlari masalalari bilan bog‘liq. Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor, 2 nafar iqtisod fanlari doktori, 4 nafar iqtisodiy fanlar nomzodlari bor.

Xalqaro savdo va investitsiyalar  kafedrasida moliya, buxgalteriya hisobi va audit, marketing asoslari, moliyaviy menejment, bank ishi, narxshakllanishi va jahon bozorlari konyunkturasi, xalqaro valuta va kredit munosabatlari, xalqaro investitsion faoliyat kabi fanlar o‘qitiladi.

Kafedra mamlakatimiz va chet eldagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib, ushbu hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar o‘zlarining kasbiy va pedagogik mahoratlarini oshirimoqdalar.

Kafedra xalqaro investitsion faoliyatning, xalqaro investitsion faoliyat nazariyasi va amaliyoti, xalqaro investitsion faoliyat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish masalalarini tadqiq qiladi.

Shuningdek, talabalarda xalqaro investitsion faoliyat, tadbirkorlikning turli shakllari, tasniflash, investitsion iqlimni baholash, xalqaro va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarni moslashishi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Yangilangan sana: 10.08.2017