2005 yilda tashkil etilgan. Kafedraning oldiga qo‘ygan maqsadlari: bugungi kun talablariga javob beradigan, jahon standarlariga mos kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shish.

Hozirda kafedra tarkibida 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, jumladan, Farmonov Rahmon Farmonovich – tarix fanlari doktori, professor; Sultanova E’tibor Siddiqovna – siyosiy fanlar doktori, professor; Muminova Patima Izzatullayevna – filologiya fanlari doktori, professor; Usmanova Aziza Abdullajonovna – Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. Usarova Feruza Xolmatovna – Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent. Shamsiyeva Iroda Maxmudovna – tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi. Abdusattarova Nargiza Baxtiyorovna – o‘qituvchi. Karabayeva Dilorom Xayriddinovna – shogird-o‘qituvchi. Tadjibayeva Lola Alisherovna –shogird-o‘qituvchi, Mavlyanov Abduraxim Abduvoxidovich – Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Karimov Raxmat Raxmonovich – Falsafa nomlar nomzodi, dotsent. Abdusatarova Sitora Faxriddinovna – shogird-o‘qituvchi, Jo‘rayev Qodir Asadovich – siyosiy fanlar doktori, professor, Seitov Azamat Po‘latovich – o‘qituvchi. Kafedra mudiri – tarix fanlari nomzodi, dotsent Tursunova Ra’noxon Yusubjanovna.

Kafedra professor-o‘qituvchilari bugungi kunda O‘zbekiston tarixi, Falsafa, Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik, Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Jismoniy madaniyat va sport, Valeologiya, Madaniyatshunoslik, Ilmiy tadqiqot metodi asoslari, Xalqaro munosabatlar tarixi, Pedagogika va psixologiya, Sotsiologiya, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, O‘zbekiston geosiyosati, Xalqaro jurnalistika, Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat, Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi kabi bugungi kun mutaxassislari uchun muhim fanlardan talabalarga saboq berib kelmoqdalar.

Yangilangan sana: 10.08.2017